Rossiya parvozlarni tiklash uchun xorijiy davlatlarga qanday  talab qo‘ymoqda - Zaysev

Rossiya kasallanish darajasi ko‘p bo‘lmagan xorijiy davlatlar bilan aviaparvozlarni qayta tiklash imkonini o‘rganmoqda, lekin mart oyida kiritilgan cheklovlarni to‘liq bekor qilishga hali erta.
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik.  RF TIV Axborot va matbuot departamenti direktori o‘rinbosari Aleksey Zaysev Rossiya xalqaro parvozlarni tiklash bo‘yicha qanday ish olib borayotgani haqida gapirib berdi.

"Yaqin kelajakda 14 kun mobaynida kasallanish darajasi 100 ming aholiga 40 kishidan va o‘rtacha kunlik o‘sish sur’ati 1% dan ko‘p bo‘lmagan davalatlar bilan aviaqatnovlarni tiklash imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda", - dedi Zaysev.  

RF Matbuot departamenti vakili so‘zlariga ko‘ra, Rossiya xalqaro parvozlarni tiklash bo‘yicha mashaqqatli ishlarni amalga oshirmoqda. Ammo mart oyida joriy etilgan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning RF hududiga kirishiga vaqtincha cheklovlarning to‘liq bekor qilinishi, shuningdek, Rossiya fuqarolarining havo chegarasidan boshqa nazorat punktlari orqali o‘tishlari haqida gapirishga hali erta.

Sputnik Belarus xabar berishicha, Zaysev Rossiya TIV turli mamlakatlarning xorijiy reyslarni qabul qilishga tayyorligini va bu borada kiritilgan maxsus talablarni tahlil qilayotganini ma’lum qildi. Masalan, koronavirusga test sertifikatini taqdim etilishi va chet elliklarning karantinga joylashtirish zaruriyati.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgustdan rossiyaliklarga Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniyaga parvoz qilish ruhsati beriladi. Shu bilan birga, 15-iyuldan boshlab, uyga qaytganidan so‘ng, sayyohlar karantinga joylashtirilishi shart emas, COVID-19 testini topshirish kifoya bo‘ladi.

To‘liq sharhni audiofaylda tinglang.

Rossiya parvozlarni tiklash uchun xorijiy davlatlarga qanday  talab qo‘ymoqda - Zaysev