TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati boshqaruvida bo‘lgan Bronks hayvonot bog‘i 1906-yilda bir necha kun davomida afrikalikni maymunlar qafasida eksponat sifatida namoyish qilgani uchun uzr so‘radi.
""Biz markaziy Afrika, hozirgi Kongo Demokratik Respublikasidagi mbuti xalqi vakili bo‘lgan yosh yigit bilan bu alfozda munosabatda bo‘lishgani uchun uzr so‘raymiz va buni qoralaymiz", - deyiladi tashkilot bayonotida.
Bayonotga ko‘ra, 1906-yilda hayvonot bog‘i vakillari bog‘ rahbari Uilyam Xornadey boshchiligida Ota Benga ismli yosh afrikalik bolani tomosha uchun maymun turadigan katakka joylashtirgan.
Bir necha kundan so‘ng, qora tanli ruhoniylar ushbu "sharmandali hodisa" dan norozilik bildirishgach, bola yetimxonaga yuborilgan.
Tashkilot ta’kidiga ko‘ra, o‘n yildan so‘ng, "insoniy fazilatlardan mahrum bo‘lgan, uyga qaytishga yaroqsiz bo‘lgan Ota Benga fojiali tarzda o‘z joniga qasd qilgan".
2012 yilda, New York Times gazetasi bergan xabarga ko‘ra, afrikalik ko‘rgazmaga qo‘yilgan maymunxona yopilgan. Beng bilan bog‘liq epizodni tasvirlar ekan, gazeta "ommaga 1906-yilda hayvonot bog‘ining "yangi eksponati" juda manzur bo‘lgani", "maymunlarga sherik sifatida katak ichiga solib qo‘yilgan odamni tomosha qilishdan deyarli hech kim voz kechmagani"ni yozgan.
"Bu o‘sha vaqtda Nyu-Yorkni qamrab olgan irqchilikning yorqin namunasi bo‘lib qoladi", - deya ta’kidlaydi nashr.