Pandemiya vaqtida elektr energiyasi tanqis bo‘ldimi – vazirlik javobi

Elektr energiyasi yetkazib berish uzuluksiz bo‘lishi uchun, asosiysi – energiya ishlab chiqarish va iste’mol qilish o‘rtasidagi muvozanatni saqlashdir.  
Sputnik

TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Ma’lumki, pandemiya vaqtida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham ko‘plab korxonalar o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lishdi, shuningdek jamoat transporti ommaviy ko‘ngilochar maskanlar ishlamadi. Ushbu vaziyat elektr energetikasi ta’minotiga qanday ta’sir qilganini bilish maqsadida Sputnik muxbiri Energetika vazirligiga murojaat qildi.

Savol. - Pandemiya davrida elektrenergiya tanqis bo‘ldimi yoki aksincha, uning iste’moli kamayib va shunga mos ravishda elektr energiyasi ortib qolishi kuzatildimi? Ushbu tafovutni qanday hal qilmoqdasiz, va bu tufayli qo‘shni davlatlarga eksportni ko‘paytirish yoki elektr energiyasini ishlab chiqarishni qisqartirish rejalari bormi?

Javob. - Pandemiya davrida, ko‘plab ijtimoiy obyektlar va ba’zi biznes tuzilmalari ishlamayotganiga qaramay, mamlakatda elektr energiyasi iste’moli o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga oshdi. Bu ko‘p jihatdan yangi ishlab chiqarish obyektlarining foydalanishga topshirilishi va aholi turmush darajasi o‘sishi munosabati bilan mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi yildan-yilga o‘sib borishi bilan izohlanadi.

Tojikiston O‘zbekiston va Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatmoqda

Shu bilan birga, iste’molning o‘sishi istiqbollaridan kelib chiqqan holda mamlakatning energetika tizimi doimiy ravishda ishlab chiqarish quvvatini oshirmoqda, bu esa pandemiyaning qiyin sharoitida mamlakat aholisi va faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni barqaror elektr energiya bilan ta’minlash imkonini berdi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, "Obod qishloq", "Obod mahalla" kabi davlat dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, mamlakat bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, reja asosida elektr ta’minoti tizimini ta’mirlash, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda. Ushbu rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishda, xavfsizlik texnikasiga rioya qilish maqsadida quvvat manbai elektr tarmog‘idan vaqtincha o‘chirilib turishi mumkin.

Asosiysi – muvozanatni saqlash

Ta’kidlash kerakki, elektr energiyasi ishlab chiqarilganidan keyin darhol va bir onda (millisekund ichida) iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotdir. Elektrenergiyani bironta idishga zaxiraga olib bo‘lmaydi.

Turkmanistondan elektr energiyasi import hajmi oshirildi

Bu shuni anglatadiki, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish o‘rtasidagi energetik muvozanat muntazam ravishda saqlanib turishi kerak. Ushbu noyob hususiyat iste’molchilarga yuqori sifatli elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish va energetika tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash nuqtayi nazaridan juda muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, muvozanatni saqlash tizimning ishonchli ishlashi kafolati hisoblanadi.

Shu munosabat bilan elektr energiyasi balansi Dispetcherlik markazi tomonidan boshqariladi, u elektrstansiyasiga ma’lum bir vaqtda kerak bo‘ladigan elektr energiyasini buyurtma qiladi. Buyurtmaga asosan ma’lum miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aniq muvozanatni saqlash, hatto rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy energiya tizimlari uchun ham, ayniqsa talab keskin o‘sadigan davrlarda (issiq yoz yoki sovuq qishda) jiddiy masala bo‘lib qoladi.

Aynan shu jihat mamlakat bo‘ylab iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalar va elektr uzilishlarining oldini olish uchun elektr ta’minotiga ma’lum cheklovlarni joriy etishni taqozo etadi. Dispetcherlik markazi tomonidan energiya tizimida o‘z vaqtida muvozanat ta’minlanmaganligi va shunga mos ravishda tarmoqdagi "kuchlanish"ning ko‘payishi katta avariyalarga va katta hududlarga elektr energiyasini yetkazib berishda uzilishlarga olib kelishi mumkin.

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi ishlab chiqarish quvvatini oshirdi

Shuningdek, ushbu yoz mavsumida O‘rta Osiyo mamlakatlarida kuzatilgan suvning kamligi sababli, O‘zbekistondagi GESlarda elektr energiyasini ishlab chiqarish deyarli 1,5 baravar kamaydi. Shuningdek, joriy yilning 16-iyulidan O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiyasini import qilishni sezilarli darajada kamaytirdi. Shunday qilib, mavjud bo‘lgan barcha sharoitlar, shu jumladan iqlim sharoitlari ham, barqaror energiya ta’minoti uchun zarur bo‘lgan muvozanatni saqlash tushunchasiga kiradi.