TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Samarqandda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini ayol sifatida tanishtirib, tamagirlik qilgan erkak ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, 2020-yil 09-iyul kuni 26 yoshli M.E. “odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Shoxista Toxirova” profil egasi bilan tanishgan. U o‘zini go‘yoki Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi “Shohista” ismli qiz sifatida tanishtirgan.
Ular yozishib turishgan. M.E. unga rasmlarini yuborgan. Shundan so‘ng u jarblanuvchidan 5 mln so‘mni kartasiga o‘tkazmasa, internet tarmog‘ida sharmanda qilishini aytgan.
Samarqand viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida “Shoxista Toxirova” nomli profil egasi aslida Samarqand tumanida yashovchi 44 yoshli F.X. ekanligi aniqlangan. Jarblanuvchidan talab qilingan puldan ma’lum bir qismini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.