Alisher Shodmonov gospitalga yotqizildi

Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda rejali davolash muolajalarini olmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov rejali davolash muolajalarini olmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, vazir Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda davolanmoqda.

Xabarda vazirning ahvoli qoniqarli ekani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovda koronavirus aniqlangani xabar qilingan edi. Unda kasallik yengil ko‘rinishda kechmoqda.