TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Norak suv omboridagi suv hajmining pasayishi munosabati bilan Tojikiston hukumati bir qator favqulodda choralarni ko‘rishga majbur bo‘ldi, deyiladi Tojikiston hukumatining murojaatida.
“Barki Tochik” kompaniyasi Tojikiston hududida bir qator cheklovlarni joriy qilmoqda.
Xususan, Tojikiston xalqaro shartnomalarda belgilangan muddatdan oldin O‘zbekiston va Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatdi.
Ushbu tadbirlarning yagona maqsadi - kuz-qish mavsumida elektr uzilishining oldini olish uchun Norak suv omborida suvni zaxira qilish.
Tojikiston hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, Vaxsh va Panj darolarining shakllanishi hududida yog‘ingarchilik miqdori juda kam bo‘lganligi sababli (avvalgi yillar hajmining qariyb 50%) Nurek suv omborida suv sathi o‘tgan yilga nisbatan 17 metrga kamaydi.