Semizlikni qanday davolasa bo‘ladi? Parhezlar yordam bermaydi

Semirish – bu odatiy parhez yordam berishi mumkin bo‘lgan holat emas. U nimaga bog‘liq? Bu haqda shifokor diyetolog Aleksey Kovalkov Sputnik radiosiga so‘zlab berdi.
Sputnik

Semirish - bu odamning tana og‘irligi yog‘li to‘qima tufayli o‘rtacha meyordan 20%ga ko‘payadigan holat.

BSST ekspertlarining baxolariga ko‘ra, semirish davrimizning global epidemiyasi hisoblanadi.

Shifokor-diyetolog va “Korreksiya vesa” klinikasining rahbari Aleksey Kovalkov oddiy parhez sog‘lom odamlarning vaznini tuzatishga yordam beradi deb ishonadi, ammo semirishni davolash bilan faqat mutaxassislar shug‘ullanishi kerak.

Rossiya olimlari inson umrini uzaytiruvchi "superfud"ni aniqlashdi

“Agar siz semirishdan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, siz nima qilsangiz ham, vazniz qo‘shilaveradi. Agar siz ochlikni qo‘llashni boshlasangiz ham, uni to‘xtatishingiz bilan, yanada ko‘proq vaznni yig‘asiz. Agar odam semirsa va unda ortiqcha vazn bo‘lsa, demak unda kasallik bor. U tibbiy kasalliklar tasnifiga kiritilgan,  va boshqa kasalliklar singari shifokor tomonidan davolanishi kerak. Yaxshiyamki, uni davolasa bo‘ladi. Gap o‘zingizni parhez bilan cheklashda emas, balki muammoni bir marta batamom hal qilib qaytib azoblanmaslikda”, - dedi Aleksey Kovalkov.

Aleksey Kovalkov tanadagi gormonal buzilishlarni semirishning eng keng tarqalgan sababi deb ataydi. Shu bilan birga, mutaxassisning fikriga ko‘ra, zararli oziq-ovqat qo‘shimcha vazn qo‘shishi mumkin, ammo bu kasallikka sabab bo‘lmaydi.

“Ko‘pincha tanadagi gormonlarning nomutanosibligi semirishga olib keladi. Shuningdek, irsiy moyillik yoki hayotning birinchi yillarining ta’siri bo‘lishi mumkin, ammo odatda bu yog‘ yoqish va yog‘ saqlash gormonlarining nomutanosibligidir. Barcha parhezlar bu jarayonni vaqtincha to‘xtatishning bir usuli hisoblanadi holos. Gormonlar nomutanosibligi shifokorlar tomonidan aniqlanadi va davolanadi”, - xulosa qildi shifokor diyetolog.