Rossiyada koronavirusga qarshi emlash 15-avgustdan boshlanishi mumkin

Hozirda vaksina ekspertiza ilmiy markaziga topshirilgan. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, Rossiya SSV ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Gamaleya markazi yaratgan koronavirusga qarshi vaksina 10-12 avgust kunlari ro‘yxatga olinishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiyada COVID-19ga qarshi vaksina qilinganlarda immunitet paydo bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, 15-16 avgust kunlari emlashga ruxsat berilishi mumkin.

Hozirda vaksina ekspertiza ilmiy markaziga topshirilgan. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, Rossiya SSV ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi guvohnoma beradi. Shundan keyin hujjatlar Roszdravnadzorga yo‘llantiriladi va u yerda vaksina berilgan guvohnomaga mos kelish yoki kelmasligi aniqlanadi. So‘ngra emlashga ruxsat beruvchi hujjat taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 17 ta ilmiy muassasalarda koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti yaratilayotgani xabar qilingan edi.  Bitta vaksina ko‘ngillilarda klinik sinovdan o‘tgan, “Vektor” markazi esa oltita turli texnologiya plamformalarida vaksina ishlab chiqarmoqda.