Rossiya qiruvchilari chegaraga yaqinlashayotgan AQSh razvedka-samolyotini to‘xtatdi

Qora dengizda ustida Rossiyaning Su-27 qiruvchilari AQSh HHKlariga tegishli bo‘lgan P-8A "Poseydon" razvedka-samolyotini to‘xtatib qolishdi, bu haqda RF Mudofaa vazirligi videoni e’lon qildi.
Sputnik

Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi Rossiya chegarasiga yaqinlashayotgan xorijiy razvedka samolyotini o‘z vaqtida aniqladi.

To‘xtatib qolish uchun osmonga Su-27 qiruvchilari ko‘tarildi. Qiruvchilar AQSh samolyotini butun parvoz davomida xavfsiz masofani saqlagan holda kuzatib borishdi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya tomoni "havo maydonlaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qat’iy amal qilgan".