Yo‘lbars kunining asosiy maqsadlaridan biri bu jamoatchilikni yo‘lbarslarning yo‘q bo‘lib ketishi muammosi va ularni qanday himoya qilish kerakligi haqida xabardor qilishdir.
Yo‘lbars xalqaro himoya ostida, u Qizil kitobga, SITES ilovasiga kiritilgan. 1947-yildan beri yo‘lbarslarni ov qilish butunlay taqiqlandi.
Dunyodagi ayrim hayvonot bog‘larida bu kunda yirtqichlarga alohida mazali ovqat va sovg‘alar beriladi. Bu yilda Global Tiger Initiative tashkiloti yo‘lbars populyatsiyasini saqlab qolish uchun 350 million dollarga yaqin mablag‘ yig‘ishni rejalashtirdi.
Yo‘lbars timsoli azaldan O‘zbekistonda alohida o‘ringa ega, masalan, Samarqanddagi qadimiy “Sherdor” madrasasi peshtoqida afsonaviy shersimon yo‘lbars oq ohuni quvib ketayotgani tasvirlangan.