Tadbirkorlarga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi beriladi

Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 2020-yil 1-oktabrdan boshlab tadbirkorlarga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni berish amaliyoti joriy qilinadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil etildi

Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi.

“Yashil” toifadagi belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno).

Belgi tadbirkorlik subyektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi.