“O‘zekspomarkaz”dagi bemorlar qarindoshlari uchun monitor o‘rnatildi

Ta’kidlanishicha, endi bemorlarning yaqinlari ro‘y berayotgan vaziyatdan monitor orqali xabardor bo‘lishlari mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. “O‘zekspomarkaz”da joylashgan Taqsimlash markazidagi koronavirus bemorlarining yaqinlari va qarindoshlari uchun monitor o‘rnatildi. Bu haqda poytaxt matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, endi bemorlarning yaqinlari ro‘y berayotgan vaziyatdan monitor orqali xabardor bo‘lishlari mumkin.

“O‘zekspomarkaz”dagi bemorlar qarindoshlari uchun monitor o‘rnatildi

Hokimlik ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonalardagi COVID-19 bilan kasallanganlarning qarindoshlari ular haqida axborot olishda qiyinchiliklarga duch kelayotganliklari to‘g‘risida ko‘plab shikoyatlarni inobatga olib bu ishga qo‘l urgan.

Bosh prokuror va poytaxt hokimi “O‘zekspomarkaz”dagi bemorlar uchun o‘rinlarni ko‘zdan kechirdi

Eslatib o‘tamiz, “O‘zekspomarkaz” majmuasida maxsus Taqsimlash markazida palatalar soni 466 taga, koykalar soni 928 taga yetkazilgan.