Xitoy hukumati AQShning Chendudagi konsulxonasini yopdi

Xitoyda AQShning AQShning Chendudagi konsulxonasi rasman yopildi. Mahalliy hukumat vakillari muassasani o‘ziga qabul qilib oldi
Sputnik

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Xitoyda AQShning AQShning Chendudagi konsulxonasi rasman yopildi. Bu haqda Xitoy TIV ma’lumotiga asoslangan holda RIA Novosti yozmoqda.

Shundan so‘ng mahalliy hukumat vakillari muassasa hududiga asosiy darvoza orqali kirishgan va uni o‘zlariga qabul qilib olishgan.

Xitoy AQShning Chendudagi bosh konsulligini yopishni talab qildi

Yigirma birinchi iyul kuni Qo‘shma Shtatlar Xyustondagi Xitoy bosh konsulligini yopdi. AQShga ko‘ra, bu intellektual mulk va amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlari muhofazasini ta’minlash zarurati tufayli amalga oshirildi.

Pekin bu holatni siyosiy fitna deb atab, javoban "qat’iy qadamlar" bilan chora ko‘rishga va’da berdi.

AQSh va Xitoy munosabatlarida so‘nggi vaqtlarda ziddiyat kuchaymoqda. Vashington va Pekinning o‘zaro iqtisodiy da’volari bor. Bundan tashqari, amerika administratsiyasi Xitoyni koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida axborot berishda vijdonan yondashmaganlikda ayblamoqda, Pekin esa Vashingtonning uning ichki ishlariga, xususan, Gonkong bilan munosabatlariga  aralashuvidan norozi.