FXX Moskvadagi teraktning oldini oldi

Ma’lum qilinishicha, erkak a’zosi hisoblangan terrorchilik guruhi Moskvadagi odam gavjum joylardan birida terakt uyushtirishni rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvadagi teraktning oldini oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Maxsus xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva viloyatidagi Ximki shahrida joylashgan tashlandiq garajlar yonida shubhali erkak aniqlangan. Qo‘lga olish vaqtida u o‘t ochgan. Natijada erkak yo‘q qilingan. Undan Kalashnikov avtomati va granata topilgan.

Ma’lum qilinishicha, erkak a’zosi hisoblangan terrorchilik guruhi Moskvadagi odam gavjum joylardan birida terakt uyushtirishni rejalashtirilgan. O‘ldirilgan shaxs Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi ekanligi ma’lum. U Moskvda ijaradagi uyda yashab kelgan. Uyni tintiv qilish vaqtida uning Suriyadagi jangarilar bilan aloqasi borligi dalili aniqlangan va terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan.

Hozir uning ehtimoliy sheriklarini aniqlash uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva, Novosibirsk va Krasnoyarskda terrorchilik uyushmaning 22 nafar ishtirokchisi qo‘lga olingani xabar qilingan edi.