O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 20 mingtadan oshib ketdi

Hozirda mamlakatda 9283 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 133 nafari og‘ir, 63 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holati 20 226 taga yetdi.

“2020 yil 26-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20226 (+274) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Koronavirusdan vafot etgan bemorlar organizmida g‘alati o‘zgarishlar aniqlandi

Yangi kasallanganlarning 136 nafari Toshkent viloyatida, 90 nafari Toshkent shahrida, 29 nafar Sirdaryo viloyatida, 16 nafari Andijon viloyatida hamda 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 10831 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9283 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 133 nafari og‘ir, 63 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Koronavirus qurbonlari soni 112 nafarga yetgan.