TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil 31-iyul (juma) kuni butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining 26-iyul kuni e’lon qilingan axborotida aytib o‘tilgan.
Shuningdek, joriy yil 31-iyul, 1-2 avgust hamda 8-9 avgust (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi", -deyilgan xabarda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining Qurbon hayitini koronavirus pandemiyasi davrida karantin talablariga muvofiq o‘tkazish to‘g‘risidagi bayonoti ma’lumot uchun qabul qilindi va mahalliy hokimliklarga tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirig‘i berilgan.
Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarga Qurbon hayitini karantin talablariga muvofiq, uy sharoitida, oila davrasida, hashamatsiz va kamtarona, tartibli hamda milliy qadriyatlarga mos ravishda karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishni tavsiya etmoqda.