Tojikiston Rossiya bilan parvozlarni qayta tiklashga qaror qildi

Tojikiston Rossiya tomonini mamlakat hukumati Rossiya bilan parvozlarni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida rasman xabardor qildi.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Tojikiston Rossiya tomonini mamlakat hukumati Rossiya bilan parvozlarni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida rasman xabardor qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Biz Rossiya tomonini Tojikiston hukumatining Rossiya bilan aviaqatnovlarni tiklash qarori haqida rasman xabardor qildik”, - dedi Tojikiston TIV axborot va matbuot departamenti vakili. 

Qozog‘iston O‘zbekiston va Tojikiston bilan aviatashuvni qayta tiklamoqda

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya tomonining javobi kutilmoqda.

“Rossiya bilan aviaqatnovlar tiklanishi jarayoni sanitariya meyorlari va epidemiyaga qarshi talablarga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi”, - deya qo‘shimcha qilgan agentlik suhbatdoshi.

Hozirda Tojikiston va Rossiya o‘rtasida Tojikiston fuqarolarini olib ketish uchun faqat charter reyslar amalga oshirilmoqda.

Tojikiston 21-iyuldan Birlashgan Arab Amirliklari bilan muntazam parvozlarni qayta tiklagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 1-avgustdan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklashga qaror qilgan edi. Hozircha faqat uchta davlat - Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniyaga parvozlar qayta tiklanadi. Rossiya yana 30 ga yaqin mamlakat bilan parvozlarni tiklash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.