Toshkentda sport majmualari shifoxonaga aylantirilmoqda

Shayxontohur tumanidagi “Yoshlik” sport majmuasida, Sergeli tumanidagi 2-bolalar va o‘smirlar sport majmuasida koronavirus bemorlari uchun o‘rinlar yaratilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Toshkentda sport majmualari shifoxonaga aylantirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, Shayxontohur tumanidagi “Yoshlik” sport majmuasida koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolash uchun maxsus shart-sharoitlar yaratilmoqda. Hozirda majmuaning 3 ta zalini qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda sport majmualari shifoxonaga aylantirilmoqda

Ta’kidlanishicha, bu maskan 520 nafar bemorlarning salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan tibbiy jihoz va uskunalar bilan ta’minlanadi. Buning uchun SNO (IVL) va SIPAP apparatlari, kislorod balonlari va boshqa zamonaviy texnikalar bilan ta’minlanmoqda.

Shuningdek, 150 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari uchun ham yotoqxona tayyorlanadi.

Shuningdek, Sergeli tumanidagi 2-bolalar va o‘smirlar sport majmuasida ham 250 o‘rinli davolash maskani tashkil etilmoqda. Bu yerda tibbiyot xodimlari uchun binoning hovlisida maxsus chodirlar qurilmoqda.

Toshkentda sport majmualari shifoxonaga aylantirilmoqda

Har ikki maskanda ham shifoxonalardek, sharoitni yaratish uchun mutaxassislar bilan hamkorlikda, ularning tavsiya va ko‘rsatmalari bilan ish olib borilmoqda.

Toshkentda sport majmualari shifoxonaga aylantirilmoqda

Ular yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.