Shimoliy Koreya ilk bor COVID-19 ga gumonlanish holati haqida xabar qildi

Aniqlik kiritilishicha, 19-iyul kuni COVID-19 ga gumon qilingan shaxs Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi chegarani noqonuniy kesib, mamlakatga qaytgan.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Shimoliy Koreya 26-iyul, yakshanba kuni mamlakatda birinchi marta COVID-19 ga gumonlanish holati haqida xabar berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Bu Keson shahrida ro‘y bergan. Aniqlik kiritilishicha, 19-iyul kuni COVID-19 ga gumon qilingan shaxs Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi chegarani noqonuniy kesib, mamlakatga qaytgan.

O‘zbekistonda COVID-19ga chalingan bemorlar soni 19,3 mingdan oshdi

KXDR epidemiyaga qarshi kurashish tashkiloti ushbu shaxsning tahlili noaniq natijani ko‘rsatganini ma’lum qilgan. U karantinga joylashtirilgan. Hukumat u bilan muloqot qilganlarni aniqlamoqda.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRda hukmron Mehnat partiyasi Siyosiy burosining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazgan. Uning qarori bilan Keson shahri yopilgan va favqulodda holat joriy etilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyada koronavirus aniqlanmagan. Agar Janubiy Koreyadan qaytgan o‘sha kishida koronavirus tasdiqlansa, bu mamlakatdagi ilk kasallanish holati bo‘ladi.