Barcha hududlarda “maxsus poliklinikalar” ish boshlaydi

Koronavirusga gumon qilingan shaxslarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish “maxsus poliklinikalar” va maxsus taqsimlash markazlari tunu kun faoliyat ko‘rsatadi.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistoning barcha hududlarida “maxsus poliklinikalar” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu Respublika maxsus komissiyasi axborotida aytib o‘tilgan.

O‘zbekistonda karantin 15-avgustga qadar uzaytirildi

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda Toshkent shahri tajribasidan kelib chiqqan holda, koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni ambulator davolashga ixtisoslashgan “maxsus poliklinikalar” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi”, - deyilgan xabarda.

Fuqarolarga qulaylik yaratish, shuningdek, ularga malakali tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida “maxsus poliklinikalar” va maxsus taqsimlash markazlarining tunu kun faoliyat ko‘rsatishi belgilandi.