Londonlik erkak qip-yalang‘och ko‘cha kezdi. Lekin maskani unutmadi

Londonlik erkak ichki kiyim o‘rniga maskani taqib, jonajon shahri ko‘chalari bo‘ylab sayr qildi. U shu tariqa mahalliy hukumat chiqarayotgan qarorlar ustidan kulishga uringan
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. O‘ttiz ikki yashar sportchi Timoti Shif Londonda "el og‘ziga tushadigan qilib" sayr qilishga qaror qildi. Jumladan, u tibbiy niqobdan ichki kiyim tariqasida foydalandi, deb xabar berdi shanba kuni NEWS.ru.

Friranner va bloger ushbu qaltis sayrdan olingan suratni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

Erkakning hikoya qilishicha, shu tarzda u Britaniya poytaxti hukumatining koronavirus tufayli kiritmoqchi bo‘lgan cheklovlarini masxaralashga harakat qilgan.

Londonda 24-iyuldan mahalliy aholi jamoat joylarda himoya niqoblarini taqqan holda bo‘lishi belgilangan.

Buyuk Britaniyada COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar soni 300 mingga yaqinlashgan, 45 mingdan ziyod kishi ushbu kasallik qurboniga aylangan.