O‘zbekiston muvaffaqiyatlari siz bilan bog‘liq – Mishustin Mirziyoyevni tabrikladi

Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 63 yoshga to‘ldi. Ushbu munosabat bilan Markaziy Osiyo, MDH va xorijiy davlat rahbarlaridan tabriknomalar kelib tushmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

“Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman.

Qardosh O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi, xalqaro maydonda obro‘si oshishi Sizning nomingiz bilan bevosita bog‘liq.  

Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasini birlashtiruvchi strategik hamkorlik va do‘stlik munosabatlarining mustahkamlanishida Sizning katta shaxsiy ulushingiz bor. Sizning doimiy e’tiboringiz tufayli savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikka yangi  darajaga ko‘tarildi, energetika, sanoat, transport infratuzilmasib ta’lim, fan, madaniyat va boshqa sohalarda muhim qo‘shma loyihalar hayotgan tatbiq etilmoqda.

Sizning O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi maqomi berilishi haqidagi murojaatingiz kelajakda Rossiya va O‘zbekiston orasida ikki tomonlama hamkorlikning barcha jabhalarini qamrab olishi va integratsion jarayonlarni chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonaman.

Hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘liq, faravonlik va ma’suliyatli davlatchilik faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman”, - deyilgan Rossiya bosh vaziri tabrik so‘zida.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 63 yoshga to‘ldi. Ushbu munosabat bilan Markaziy Osiyo, MDH va xorijiy davlat rahbarlaridan tabriknomalar kelib tushmoqda.