Xitoy AQShning Chendudagi bosh konsulligini yopishni talab qildi

Xitoy vazirligi ta’kidlaganidek, bu talab qonuniy va zaruriy javobdir va joriy vaziyat uchun javobgarlik Vashingtonning o‘zining zimmasida.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. Xitoy hukumati AQShning Sichuan provinsiyasi Chendu shahridagi konsulligi faoliyatini to‘xtatilishini talab qildi, deb xabar beradi RIA Novosti Xitoy TIV bayonotiga tayanib.

AQSh "Xitoy muammosi"ni kuch bilan hal qilishga moyillik bildirmoqda

Xitoy vazirligi ta’kidlaganidek, bu talab qonuniy va zaruriy javobdir va joriy vaziyat uchun javobgarlik Vashingtonning o‘zining zimmasida.

Avvalroq AQSh Xitoyni Xyustondagi Bosh konsulligini yopishga majburlagan edi. Davlat departamenti rasmiy vakili Morgan Ortagusning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bunday talabni amerikaliklarning intellektual mulki va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishni ta’minlash uchun qo‘ygan.

XHR TIV buni siyosiy provokatsiya deb atagan va javob choralarini ko‘rishga va’da bergan.

Avvalroq Sputnik radiosi Xitoy Xyustondagi diplomatik vakolatxona haqida gaplari uchun AQShni qattiq siquvga olganini xabar qilgan.