O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18,5 mingdan oshdi

Ayni vaqtda 99 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 8560 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 100 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18531 nafarga yetdi, deb xabar qildi ni Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Rossiya vaksinasi qachon ommaviy ishlab chiqariladi?

Yangi kasallanish holatlarining 37 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida - 34 nafardan, Buxoro viloyatida - 19, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 15 hamda Farg‘ona viloyatida 13 nafar koronavirusga chalingan bemorlar aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 9872 nafar (53%) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar  sog‘aygan.

To‘qson to‘qqiz kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan, 8560 nafar bemorga davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 100 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kasallik tarqala boshlagan vaqtdan buyon to hozirga qadar butun dunyoda 14,5 million kishi bemorlangan, 607 mingdan ziyodi qurbon bo‘lgan.