G‘arb musulmon davlatlarini bir-biri bilan urishtirmoqchi - Lavrov

G‘arb geosiyosiy ustuvorlikka erishish maqsadida islom mamlakatlari o‘rtasida sun’iy qarama-qarshilikni vujudga keltirishga harakat qilmoqda - Lavrov.
Sputnik

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eronlik hamkasbi Muhammad Javad Zarif bilan muzokaralari natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ba’zi G‘arb davlatlari islom mamlakatlari o‘rtasida sun’iy qarama-qarshilikni vujudga keltirishga harakat qilayotganini ma’lum qildi.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bu geosiyosiy ustuvorlikka erishish uchun qilinmoqda.

Shu bilan birga, Lavrov “Islom hamkorlik tashkiloti doirasida e’lon qilingan tamoyillar hurmat qilinishi va amalga oshirilishi kerak”, deb ta’kidladi.

Mamedov musulmon davlatlari dollar qaramligidan qanday xalos bo‘lishi haqida

Vazir, shuningdek, zamonning asosiy muammolari va barcha islom davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga islom dunyosining umumiy yondashuvlarini shakllantirish kerakligini ta’kidladi.

“Ostona jarayoni doirasida Rossiya, Eron va Turkiya bilan bir qatorda arab mamlakatlari ham, xususan Iordaniya va Iroq ishtirok etmoqda. Bu, musulmonlar foyda bilan o‘z sa’y-harakatlarini qay tarzda birlashtirishi mumkinligini ko‘rsatadi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya birlashtiruvchi kun tartibini yaratishga har tomonlama hissa qo‘shishga intilmoqda.

“Barcha musulmonlar va barcha qiziqqan tashqi o‘yinchilarning sa’y-harakatlarining birlashishi nafaqat Suriya inqiroziga nisbatan talab etiladi, balki Yaman, Iroq, Liviya va albatta Yaqin Sharqdagi (Falastin-Isroil - tahr.) inqirozi hal qilinishida ham”,  - deya qo‘shimcha qildi Lavrov.

Tafsilotlarni videolavhada tomosha qiling.