Niqoblar tufayli insoniyat ekologik falokatga duch kelishi mumkin – Yaponiya OAV

COVID-19'dan himoyalanish maqsadida foydalaniladigan bir martalik niqoblar atrof-muhitni ifloslantirishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. COVID-19'dan himoyalanish maqsadida foydalaniladigan bir martalik niqoblar atrof-muhitga xavf solmoqda. Bu haqda Yaponiyaning Kiodo agentligi turli davlatlardan ekologlar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar asosida xabar tayyorladi.

Oltin niqob, Afrika raqqosasi va g‘azabga to‘lgan buqa – hafta suratlari

Ekologlarning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya sohillari bo‘ylab suvga ko‘plab niqoblar tashlanmoqda.

Turkiya va Yevropa mamlakatlarida atrof muhitga tashlanayotgan tibbiy chiqindilarning miqdori sezilarli darajada ko‘paydi. Fransiyalik ekologlar yaqinda dengizda meduzalarga qaraganda, niqoblar ko‘proq bo‘lishidan qo‘rqishmoqda.

Niqoblar, lateks qo‘lqoplar va koronavirusdan himoyalanishning boshqa vositalari ko‘payishi dunyo okeanlarini yanada ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Agar hozir choralar ko‘rilmasa, ekologlar ogohlantirishicha, insoniyat haqiqiy falokatga duch keladi.

Gonkongda joylashgan OceansAsia kompaniyasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, niqoblar nafaqat qirg‘oq bo‘ylab tashlanmoqda, balki baliq ovlash to‘rlarida boshqa axlatlar bilan birga ushlanmoqda.