Tun davomida olti hududda 300 yaqin yangi koronavirus holati aniqlandi

Hozirda mamlakatda 8 554 nafar bemor davolanmoqda.Ulardan 101 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 18,1 mingdan oshdi.

“2020 yil 22-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 171 (+290) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

IIVning yana bir xodimi koronavirus oqibatida vafot etdi

Yangi kasallanganlarning 131 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 61 nafar Andijon viloyatida, 50 nafari Surxondaryo viloyatida, 19 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda 13 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 9 521 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (52 foiz) sog‘aygan. Qurbonlar soni 96 nafarga yetgan.

Hozirda mamlakatda 8 554 nafar bemor davolanmoqda.Ulardan 101 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.