Rahmon Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatdan tashvishga tushdi

Rahmon Xavfsizlik kengashi xodimlari, harbiy tuzilmalar va huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlaridan Afg‘oniston bilan chegarada davlat va millat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rishni talab qilgan
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon respublika xavfsizlik kengashi majlisini o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Suriyadan Afg‘onistonga qochgan jangarilar Markaziy Osiyoga hujum rejalashtirmoqda – Nurgaliyev

Majlisda Xavfsizlik kengashi a’zolari, Oliy sud raisi, harbiy tuzilmalar va huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari ishtirok etganlar.

Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida vaziyat o‘tkir tus olgani majlisda muhokama qilingan mavzulardan biri bo‘lgan .

Tojikiston yetakchisi Afg‘oniston bilan chegaradosh Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyatida holat murakkab tus olganidan tashvishdaligini ta’kidlagan.

Rahmon Xavfsizlik kengashi xodimlari, harbiy tuzilmalar va huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlariga qo‘shni mamlakat bilan chegara qismida davlat va millat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish topshirig‘ini bergan.

Xususan, davlat chegarasida huquqbuzarliklar sodir etilishi, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm va narkotiklarning noqonuniy aylanmasini oldini olishga alohida e’tibor qaratishni talab qilgan.