Pandemiya Yangi yilgacha davom etadi – akademik

Rossiyada 2021-yilgacha koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmaydi – Rossiya Fanlar akademiyasi xodimi Viktor Maleyev.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Rossiyada 2021-yilgacha koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmaydi, deydi Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Viktor Maleyev."Rossiyaning kelajagi. Milliy loyihalar" portali xabariga asosan.

“O‘rdakchalar raqsi” yoki pandemiya vaqtida siyosatchilar qanday salomlashmoqda

"Globalizatsiya, odamlar samolyotlarda uchmoqda, shuning uchun Yangi yilgacha aniq tugamaydi va ehtimol mavsumiy o‘sish holatlari bo‘lishi mumkin", - dedi u.

Maleyev Rossiyada har kuni olti mingdan ko‘proq holat aniqlanadi va bu raqam bir zumda 500 ga tushib ketishi yoki 12 mingga ko‘tarilishi mumkin emasligini eslatdi. Moskva va Moskva viloyatida kuniga mingdan kam holat aniqlanmoqda, bundan ko‘p bemor kasalxonadan chiqmoqda. Shu tarzda kollektiv immunitet hosil bo‘lmoqda.

"Agar bizda kuzda vaksina paydo bo‘lsa, uni hali ishlab chiqarish kerak, 100-300 doza vaksina tayyorlab, tinchlanib bo‘lmaydi. Millionlab doza hisob-kitob qilinmoqda, bu esa vaqtni talab etadi. Yana bir bor takrorlayman: birinchi to‘lqin hali tugamadi, ammo oldinda - kuz va sovuq ob-havo", - deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.