TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. COVID-19ga qarshi ommaviy vaksinatsiya kelgusi yilning o‘rtalarida boshlanishi mumkin, deb xabar qilmoqda Deutsche Welle Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari o‘rinbosari Sumiya Svaminatanga tayangan holda.
"Ayni vaqtda 20ta nomzod-vaksinalar klinik sinovlardan o‘tmoqda va ularning ayrimlari ish beradi, degan umid bor", - deya iqtibos keltiradi nashr Svamitan so‘zlaridan.
Natijalar kelgusi yilning boshiga kelib olinishi mumkin. Virusga qarshi antitanachalar ma’lum muddatdan keyin yo‘qolishlari mumkinligi orttirilgan immunitetning mutlaqo yo‘qligini dalillamaydi, deb hisoblaydi Svaminatan.
Bu orada Rossiyada vaksinaning klinik sinovlari yakuniga yetkazildi va ilk namuna yaratildi.