AQShda “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risidagi tuzatish ma’qullandi

Xususan, sanksiyalar quvurlarni yotqizish uchun kemalarni sotuvchi, ijaraga beruvchi yoki ta’minlovchi kompaniyalarga qaratilgan.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. AQSh Kongressi Vakillar palatasi o‘z ichiga “Shimoliy oqim-2”ga qarshi kengaytirilgan sanksiyalarni olgan kelgusi moliyaviy yil uchun mudofaa budjeti loyihasini ma’qulladi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, hujjatni 295 kongressmen ma’qulladi, 125 kishi qarshi chiqdi.

AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar bilan dag‘dag‘a qilmoqda

Xususan, sanksiyalar quvurlarni yotqizish uchun kemalarni sotuvchi, ijaraga beruvchi yoki ta’minlovchi kompaniyalarga qaratilgan. Shuningdek, gaz quvurini qurish bilan bog‘liq kemalarni sug‘urtalash yoki texnik takomillashtirish uchun sanksiyalar nazarda tutilgan.

Bu budjet loyihalaridan biridir. Ikkinchi loyiha Senat tomonidan taklif qilindi.

Odatda loyihalar palatalarda muhokama qilinadi, ularni kelishuv komissiyasi  mujassamlashtiradi, keyin ushbu hujjat imzolanishi uchun prezidentga taqdim etiladi.

“Shimoliy oqim-2” loyihasi Rossiya qirg‘oqlaridan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga olib boradigan, yiliga 55 milliard kubometr gaz o‘tkazish qobiliyatiga ega ikkita gaz quvurini qurishni nazarda tutadi. Ushbu loyihaga YeIga, shuningdek Ukraina va bir qator Yevropa davlatlariga o‘z suyultirilgan tabiiy gazini ilgari surayotgan AQSh faol qarshilik ko‘rsatmoqda.