Rossiyada COVID-19ga qarshi vaksina qilinganlarda immunitet paydo bo‘ldi

Agar vaksina o‘z samaradorligini isbotlasa va ro‘yxatdan o‘tkazilsa, undan keyin keng ko‘lamli yirik tadqiqotlar boshlanadi
Sputnik

TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. Sechenov universitetida o‘zida vaksinani sinayotgan barcha ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi immunitet hosil bo‘ldi, odatda u vaksinatsiyadan bir necha kun o‘tib paydo bo‘ladi, dedi RIA Novostiga Sechenov universiteti dorivor vositalarni klinik o‘rganish markazi rahbari Yelena Smolyarchuk.

Koronavirusdan himoyalanganlar: vaksinani sinab ko‘rgan ko‘ngillilar uylariga kuzatildi

Sal oldin Sechenov universitetida o‘zida koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazayotgan ko‘ngillilarning ikkinchi guruhi dushanba kuni chiqarilgani haqida xabar berilgan edi. Ko‘ngillilarning birinchi guruhiga 15-iyul kuni javob berilgan.

"Hamma ko‘ngillilarda immunitet bor edi... Bu vaksina kiritilgach paydo bo‘ladigan individual reaksiya, lekin odatda immunitet bir necha kundan so‘ng paydo bo‘ladi.Birinchi himoya - bir necha kundan so‘ng hosil bo‘ladi", - dedi Smolyarchuk vaksinatsiyadan so‘ng qancha vaqt ichida immunitet ishlab chiqariladi, degan savolga javob berar ekan.

Ayolning aytishicha, uch haftadan so‘ng, immun tizimi reaksiyasi ishga tushgach, himoya nuqtayi nazaridan eng kuchli davr boshlanadi.

Smolyarchukning aytishicha, emlash amalga oshirilgach, immunitet qanchalik uzoq vaqt saqlanib qolishini aytish hozircha qiyin, sababi, bu savolga olimlar klinik tadqiqotlarning keyingi fazasidan so‘ng javob berishlari lozim.

Rossiyada COVID-19 ga qarshi vaksina avgust o‘rtasida paydo bo‘lishi mumkin

"Agar vaksina o‘z samaradorligini isbotlasa, ro‘yxatdan o‘tkazilsa, qayd etilgandan keyingi keng ko‘lamli yirik tadqiqotlar boshlanadi, unga katta miqdordagi vaksina qilingan odamlar jalb etiladi, ular immunitet qanchalik uzoq saqlanadi degan savolga javob berish uchun kuzatiladi", - dedi Smolyarchuk.

N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalarning klinik tadqiqotlari Sechenov universitetida 18-iyunda boshlangan edi. Ko‘ngillilar ustidan sinovlar shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligining Burdenko nomidagi gospitadila o‘tkazilmoqda.