O‘zbekistonda iyun oyida eng ko‘p “Cobalt” ishlab chiqarildi

Iyun oyida 7557 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu 2020-yilning boshqa oylariga qaraganda eng yuqori ko‘rsatkich.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda iyun oyida eng ko‘p “Cobalt” avtomobil modeli ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida 7557 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020-yilning boshqa oylariga qaraganda eng yuqori ko‘rsatkich.

O‘zbekiston avtomobil bozori qayta taqsimlanadimi?

O‘zbekistonda 6 oyda jami 37 682 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154,2 foizga ko‘proq.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yilning yanvar-iyun oylarida 35 050 dona “Nexia T-250” (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,9 %), 37 682 dona “Cobalt” (154,2 %), 26 047 dona “Lacetti-Gentra” (133,0 %), 26 687 dona “Damas” (115,8 %), 14 511 dona “Spark” (160,4 %) hamda 3 478 dona “Labo“ (90,7 %) avtomobillari ishlab chiqarilgan.