O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 17 mingtaga yaqinlashdi

Hozirda mamlakatda 7 599 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 81 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida yana 214 kishida koronavirus tasdiqlandi.

“2020 yil 20-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 966 (+214) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Bosh prokuror va poytaxt hokimi “O‘zekspomarkaz”dagi bemorlar uchun o‘rinlarni ko‘zdan kechirdi

Yangi kasallanganlarning 34 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 76 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 32 nafari Andijon viloyatida, 26 nafari Namangan viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 9 nafari Jizzax viloyatida hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 9 279 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan. 88 kishi virus qurboniga aylangan.

Hozirda mamlakatda 7 599 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 81 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.