O‘zbekiston bu yil 18 ta davlatga gilos eksport qildi

O‘zbekiston 2020-yil 1-iyul holatiga ko‘ra jami 31,3 ming tonna gilos mevasi eksport qilgan. O‘zbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Mo‘g‘uliston, Ummon, Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston 2020-yil 1-iyul holatiga jami 31,3 ming tonna gilos mevasi eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 14,6 ming tonnaga ko‘p. Bundan Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlari darak bermoqda.

O‘zbek gilosining birinchi partiyasi Rossiyaga yetkazildi

Qariyb 61 million AQSh dollariga teng bo‘lgan gilos mevasi 18 ta xorijiy mamlakat bozorlarida sotilmoqda. Bugungi pandemiya sharoitida bu ijobiy holat.

Ushbu mamlakatlar orasida Qozog‘iston 16,7 ming tonna (23 million AQSh dollari), Rossiya 9,3 ming tonna (15,8 million AQSh dollari), Qirg‘iz Respublikasi 4,7 ming tonna (20 million AQSh dollari) va  Koreya Respublikasida 124,3 tonna (496,9 ming AQSh dollari) bilan yuqori ulushga ega bo‘ldi.

Joriy yilda o‘zbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Mo‘g‘uliston, Ummon, Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi.