Rossiya qo‘shinlarining jangovar shayligi to‘satdan tekshirilmoqda - video

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyrug‘iga asosan Janubiy va G‘arbiy harbiy okruglar qo‘shinlarining jangovar shayligi to‘satdan tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Sputnik

Unda harbiy okruglarning Rossiya xavfsizligini ta’minlash harakatlariga baho beriladi. Shuningdek, "Kavkaz-2020" keng ko‘lamli harbiy mashqlariga tayyorgarlik darajasi to‘g‘risida hisobot tayyorlanadi.

Tadbirda 150 mingdan ortiq harbiy, 26,8 ming donadan ziyod texnika, 414ta uchar apparatlar, 106ta harbiy kema ishtirok etadi.

Tekshiruv 21-iyulga qadar davom etadi.