TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini yakunladi. 20-iyul kuni ertalab ko‘ngillilarning ikkinchi guruhiga javob berildi.
“Rossiya Mudofaa vazirligi N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi bilan birgalikda akademik N.N. Burdenko nomidagi bosh harbiy klinik gospitali bazasida ko‘ngillilar ishtirokida COViD-19 qarshi vaksinaning klinik bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi”, - deyilgan vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, mavjud tahlil natijalari emlash natijasida barcha ko‘ngillilarda immun javobi hosil bo‘lganini aniq ko‘rsatadi. Ko‘ngillilar hech qanday asoratlar yoki nojo‘ya ta’sirlar ustidan shikoyat qilishmagan.
Ko‘ngillilarning ko‘rik, tahlil ma’lumotlari N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markaziga beriladi. Ma’lumotlar tekshirilgandan so‘ng dorini ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.