TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev koronavirusga qarshi kurashda xizmat qilgan tibbiyot xodimi maoshsiz qolib ketmasligini ma’lum qildi.
“Birorta koronavirusga qarshi kurashda mardona xizmat qilgan tibbiyot xodimi maoshsiz qolib ketmaydi. Ayrim texnik vaziyatlar sababli 71 xodim maosh olmagan ekan. Biz buni aniqladik. Lekin endi bu holatlarning barchasini bartaraf etamiz”, - dedi u Xalqaro press-klubning koronavirusga qarshi kurash va pandemiya davrida aholini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan sessiyasida.
COVID-19 bilan kurashayotgan shifokorlarga qariyb 20 mlrd so‘m o‘z vaqtida to‘lanmadi
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun alohida telefon liniyasi ochaladi. Unga tibbiyot xodimlari maosh va shunga o‘xshash muammolari bilan murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.