O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo vafot etdi

Ijodkor o‘zining “Ko‘milgan xotiralar”, “Xatarli yo‘l”, “Kafansiz ko‘milganlar”, “Tirik ruhlar” kabi asarlari bilan kitobxonlar qalbidan joy egallagan edi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.

“O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Ijod” jamoat fondi jamoasi O‘zbekiston xalq shoiri, Uyushma a’zosi Shukrullo domla Yusupovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo vafot etdi

Shukrullo Yusupov 1921-yil Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Xalq shoiri unvonidan tashqari, Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 

Ijodkor “Rossiya”, “Ikki qoya” kabi xalqlar do‘stligiga bag‘ishlangan dostonlari, “Ko‘milgan xotiralar”, “Xatarli yo‘l”, “Kafansiz ko‘milganlar”, “Tirik ruhlar” kabi asarlari bilan kitobxonlar qalbidan joy egallagan.

Sputnik tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.