To‘qqiz hududda 243 ta yangi koronavirus holati aniqlandi

Hozirda mamlakatda 7218 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 72 nafari og‘ir, 21 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida 243 kishida koronavirus tasdiqlandi.

“2020 yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16429 (+243) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 16 mingdan oshdi

Yangi kasallanganlarning 45 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 77 nafari Toshkent shahrida 36 nafari Andijon viloyatida, 22 nafari Namangan viloyatida, 18 nafari Toshkent viloyatida, 17 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 1 nafari Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirga qadar 9127 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 7218 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 72 nafari og‘ir, 21 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Qurbonlar soni 84 nafarga yetgan.