TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiyaning “Lokomotiv” futbol klubi o‘zbekistonlik 18 yoshli yarimhimoyachi Jasur Jaloliddinovning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda sportchining agenti Yuriy Belous Sports.ru. bilan suhbatda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jaloliddinov o‘z tengqurlari orasidagi 18 yoshli eng iqtidorli futbolchi sanaladi. U Osiyoning 5 nafar eng yaxshi yosh futbolchilari safidan joy olgan. Hozirda u “Bunyodkor” klubida to‘p suradi.
“The Guardian tahlilchilariga ko‘ra, u o‘z yoshi toifasidagi jahonning eng yaxshi 60 nafar futbolchisidan biri. U juda yaxshi futbolchi”, - deya qo‘shimcha qilgan Yuriy Belous.