TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. Transport vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish uchun 20-iyuldan 2-avgustga qadar rejalashtirilgan charter reyslar jadvalini e’lon qildi.
Yaqin ikki hafta ichida Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA, AQSh, Isroil va Germaniyaga 18ta reys amalga oshiriladi.
Charter reyslar jadvali:
20 iyul - Seul – Toshkent – Seul
20 iyul. Toshkent – Moskva – Toshkent
22 iyul. Moskva – Toshkent – Moskva
22 iyul. Toshkent – Dubay – Toshkent
23 iyul. Toshkent – Minsk – Toshkent
24 iyul. Toshkent – Istanbul – Toshkent
23 - 24-iyul. Toshkent – Frankfurt – Toshkent
25 iyul. Toshkent – Vladivostok – Toshkent
26 iyul. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent
27 iyul. Seul – Toshkent – Seul
27 iyul. Tel-Aviv – Toshkent – Tel-Aviv
28 iyul. Toshkent – Moskva – Toshkent
29 iyul. Minsk – Toshkent – Minsk
30 iyul. Istanbul – Toshkent – Istanbul
30 iyul. Toshkent – Dubay – Toshkent
30 - 31-iyul. Toshkent – Nyu-York – Toshkent
1 avgust. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent
2 avgust. Toshkent – Moskva – Toshkent.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekiston hududida 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin choralari keskin kuchaytirilishi, xususan, xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartirilishi haqida xabar bergan edik.