"O‘zbekkino" va "MIR" telekompaniyasi O‘zbekiston haqida film suratga olishadi

Rossiya telekompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning tarixi, madaniyati va bugungi kundagi hayoti, iqtisodiy yutuqlariga bag‘ishlangan yangi hujjatli film suratga olinmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. O‘zbekkino va MIR telekompaniyasi O‘zbekiston haqida 50 daqiqali film suratga olishga kirishishdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar. 

Ushbu qo‘shma loyihaning maqsadi – har tomonlama rivojlanib kelayotgan O‘zbekistonning yutuqlarini ko‘rsatish, MDH davlatlari bilan integratsiyasni kengaytirish va mustahkamlashdir.

Loyihaga tayyorgarlik ko‘rish doirasida MTRK “MIR” teleradiokompaniyasi direktori o‘rinbosari Irina Kuzmina hamda “O‘zbekkino” MA bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, “Hujjatli va xronika filmlar kinostudiyasi” DUP direktori Bahodir Odilovlar ishtirokida bir necha videokonferensiyalar bo‘lib o‘tdi. Muokaralar davomida tomonlar bo‘lajak film konsepsiyasini hamda uning tarkibi haqida o‘z xulosalarini bildirishdi.

Mualliflar xulosasiga ko‘ra, qadimiy an’analar va zamonaviylikni, hayotning madaniy, siyosiy, va iqtisodiy jihatlarini qamrab olgan ushbu film O‘zbekistonning zamonaviy vizit kartochkasiga aylanishi kerak. Filmda shuningdek O‘zbekistonning turistik jozibadorligini ham aks ettirish nazarda tutilgan.

Dastlabki  kelishuvlarga ko‘ra, sur’atga olish O‘zbekistonning yirik sanoat va hunarmadchilik markazlarida olib boriladi. Shuningdek unda O‘zbekston tarixiga, Ikkinchi jahon urushi tarixiga va 1966-yildagi Toshkent yer qimirlashi tarixiga bag‘ishlangan lavhalar bo‘ladi.

Ssenariy rejasi tasdiqlanganidan so‘ng MIR suratga olish guruhi O‘zbekistonda ishlay boshlaydi. Film tayyor bo‘lganidan so‘ng O‘zbekiston telekanallarida namoyish etiladi. 2020-yilning 16-oktabrida bo‘lib o‘tadigan MDH davlat rahbarlari sammiti oldidan uning qisqartirilgan versiyasi namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu filmni suratga olish haqida “O‘zbekkino” MA va MTRK “Mir” orasida 2020-yilning fevral oyida kelishuvga erishilgan edi.