Putin kutilmaganda Janub va G‘arbdagi qo‘shinlarini tekshirishni buyurdi

Tekshiruvda 149 mingdan ortiq odamlar, 26,8 ming texnika birliklari, 414 ta uchar apparatlar, 106ta harbiy kemalar ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. Rossiya prezidenti va bosh qo‘mondoni Vladimir Putin kutilmaganda mamlakat Janubi va G‘arbidagi qo‘shnlarining jangovar tayyorligini tekshirishni buyurdi

"Tekshiruv davomida qo‘shnlar 35ta quruqlik hamda Qora va Kaspiy dengizlari akvatoriyasida joylashgan 17ta dengiz poligonlarida 56ta taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ularda 149 755 kishi hamda 26820 dona qurol va texnika birliklari, 414 ta uchar apparatlar, 106ta harbiy kemalar ishtirok etishi belgilangan", - dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Armiya qo‘mondonlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya qurolli kuchlarining sentabrda bo‘lib o‘tadigan "Kavkaz-2020" - harbiy o‘quvlariga tayyorlik maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Undan tashqari, tekshiruv davomida Markaziy qo‘mondonlik hamda harbiy desant qo‘shnlari, Shimoliy va Tinch okeani dengiz floti kuchlari tekshiruvdan o‘tadi, deyilgan xabarda.