Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i vafot etdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qonun hujjatlarini va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Abdukadirov vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sanjar Abdukadirov vafot etdi.

“Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘zining yetuk va tajribali mutaxassisidan ayrildi”, - deyilgan xabarda.

Sanjar Abdukadirov – 1980-yilda Namangan shahrida tavallud topdi. Namangan muhandislik iqtisodiyoti instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasini bitirgan. “O‘zLiDep” partiyasi a’zosi bo‘lgan.

Uzoq yillar davomida Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va  nazorat qilish, Davlat mulki qo‘mitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida foaliyat olib borgan.

Ayni kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qonun hujjatlarini va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilayotgan edi.