AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar bilan dag‘dag‘a qilmoqda

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo “Shimoliy oqim-2” gaz o‘tkazgichi qurilishida ishtirok etayotgan kompaniyalarga qat’iy sanksiyalar bilan tahdid qildi.
Sputnik

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Davlat departamenti loyihani, shuningdek, “Turk oqimi”ning ikkinchi tarmog‘ini “Amerika dushmanlariga sanksiyalar yordamida qarshilik ko‘rsatish” (CAATSA) qonuni bo‘yicha yangi tahrirdagi yo‘riqnomaga kiritgan.

 U bu haqda Vashingtonda chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan va qurilish ishtirokchilariga “zudlik bilan daf bo‘lishni” yoki oqibatlarni kutishni maslahat bergan.

“Shimoliy oqim-2” – Rossiyadan Germaniyaga o‘tadigan yangi gaz quvuridir. AQSh ushbu loyiha Yevropa energetika xavfsizligiga tahdid solayotganini ta’kidlab, unga qarshi chiqmoqda, lekin aslida amerikaliklar Rossiya gazini Yevropa bozoridan siqib chiqarishni va o‘zining STGsini sotishni boshlashni istaydi. Yevropaga esa bundan naf yo‘q, chunki narxi baland. “Shimoliy oqim-2” mintaqadagi gaz taqchilligi muammosini hal qilishga, postavkalar ishonchliligini oshirishga va milliardlab dollarlarni tejashga imkon beradi.