TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) missiyasi rahbari Katarina Smolvud missiyaning Turkmaniston bo‘ylab 10 kunlik safari yakuniga bag‘ishlangan brifingda mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlangani haqida ma’lum qilmadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“Bugungi kunda Turkmaniston mamlakatda biror bir tasdiqlangan koronavirus bilan kasallanish holati haqida xabar qilmadi. Bu haqda JSSTga ma’lum qilmagan”, - dedi u.
Shuningdek, u JSST bundan keyin ham Turkmaniston milliy sog‘liqni saqlash organlari ishlashda davom etish niyatida ekanini ta’kidlagan.
Shu bilan birga, JSST missiyasi rahbari Turkmaniston hukumatiga infeksiyaning mamlakatga kirib kelishining oldini olish va uning aholi orasida tarqalib ketmasligiga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishni tavsiya qilgan.
Katarina Smolvud mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi choralarni ma’qullagan.
Shu kunlarda Turkmanistonda koronavirus yo‘qligi haqidagi xabarlariga qaramasdan mamlakatda niqob taqib yurish majburiy qilindi, bozorlar va savdo markazlari vaqtincha yopildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq JSST missiyasi Turkmanistonga safarini boshlangani xabar qilingan edi.