Toshkentda yo‘l o‘rtasida “Tico” mashinasi yonib ketdi

Poytaxtda “Suvsoz” DUK huzuridagi kanalizatsiya boshqarmasiga tegishli “Tico” yonib kul bo‘ldi. Haydovchiga ziyon yetmagan.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Toshkent shahar IIBB poytaxtda yo‘l o‘rtasida “Tico” mashinasi yonishi aks etgan video yuzasidan ma’lumot berdi.

“Malibu” kelib urilgan “Jiguli” ichida ikki kishi tiriklayin yonib ketdi

Ma’lum qilinishicha, 16-iyul kuni taxminan soat 09.39 da Sergeli tumani Shokirariq ko‘chasida qurilayotgan bino ro‘parasida “Tico” rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. U “Suvsoz” DUK huzuridagi kanalizatsiya boshqarmasiga tegishli. Voqea joyiga FVV Toshkent shahar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari chaqirilgan.

Avtomobil haydovchisi 45 yoshli Ilhom I.ga ziyon yetmagan. Hodisa tufayli hech kim jabrlanmadi.

Yonilg‘i nasosining nosozligi mashinadagi yong‘inning taxminiy sababi sifatida ko‘rilmoqda.