TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan Abduhakim Xadjibayev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bu haqda shu yilning 15-iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham ma’lum qilingan.
Xadjibayev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Ta’kidlanishicha, Abduhakim Xadjibayev shu tariqa mazkur lavozimga uchinchi bor tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sog‘liqni saqlash vaziriga to‘rt nafar yangi o‘rinbosar tayinlangani xabar qilingan edi.