O‘zbekiston va Belarus hukumatlari o‘rtasidagi o‘qitish va ta’limga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuv 13-iyuldan kuchga kirdi. Bu ikki mamlakat o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirish niyatida bo‘lgan respublikalar fuqarolari uchun qulay sharoit yaratishi kerak.
Biroq, nyuanslar ham mavjud: kelishuv, u kuchga kirgunga qadar berilgan ta’lim hujjatlariga taalluqli emas (O‘zbekiston SSR yoki Belorussiya SSRda berilgan hujjatlar bundan mustasno) hamda ikkala mamlakatda kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun tan olish tartibini bekor qilmaydi.
Siyosatshunos, “Belaya Rus” ROO tahlil markazi mutaxassisi Potr Petrovskiy ushbu bitim bir necha yil davomida ishlab chiqilganligini ta’kidladi.
Uning fikricha, katta e’tibor qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratiladi. Ba’zi sohalarda ular allaqachon mavjud, deya eslatadi mutaxassis.
“Ushbu kelishuv O‘zbekistonda oliy ta’limni, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantiradi”, - deya ta’kidlaydi Petrovskiy.
“Belarusga ham shuningdek, magistrantlar, aspirantlar va doktorantlarni jalb qilish foydali bo‘ladi. Ta’lim xizmatlarini eksport qilish Belarus ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”, - dedi ekspert.
To‘liq sharhni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.